Yoshlar ovozi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi

Maqsadga qanday erishiladi?

Maqsadga erishish yo‘lida amal qilish kerak bo‘lgan besh qoida bor:
1. Aniqlik.
Maqsadingizni aniq belgilab, nimaga intilayotganingizni anglab yeting. Shunda ishlaringizda o‘sish bor yoki yo‘qligini bilib turasiz.

2. Qiyinchiliklarga tayyor turish.
Maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchilikdan chekinmay, yanada ko‘proq mehnat qilishga oshiqing.

3. Ishonch.
Ko‘zlagan maqsadga erishsa bo‘ladi, deb hisoblang, behuda ishlarga chalg‘imang. Olg‘a intilish uchun nega qattiq mehnat qi­lishingiz kerakligi haqida o‘zingizni ishontiruv­chi sabablar toping va yodda saqlang.

4. Fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik.
Qilgan ishlaringizga bildirilayotgan fikrlarga e’tibor qarating. O‘sish va tajribangizni nazorat qiling, shunga qarab zarur bo‘lsa, qiyinchilik darajasini o‘zgartirish mumkin.

5. Murakkablikni yechish.
Agar maqsadga erishish yo‘li o‘ta murak­kab bo‘lsa, o‘zingizni zo‘riqtirmay, uni qismlarga bo‘lib amalga oshirishga kirishing.
Bundan tashqari, insonda xohish-istak bo‘lishi, eski xatolarni takrorlamasligi lozim.
1871-yil bahorida bir yigit qo‘liga kitobni oldi-da, uning kelajak hayotiga chuqur ta’sir qilgan 22 ta so‘zni o‘qidi. Bu yigit Monreal shahar kasalxonasida tibbiyotni o‘rgangan talaba edi. Uning oldiga qo‘ygan maqsadlari ko‘p edi. Lekin ularni bajarish uchun o‘zida qanday kuch topishni bilmasdi. Kun kelib u zamonasining mashhur terapevt shifokor bo‘lib yetishdi. U butun dunyoga mashhur “Jon Xopkins” tibbiyot maktabini tashkil etdi, Oksforddagi tibbiyotning Qirollik professoriga aylandi. Bu odamning ismi Vilyam Osler edi.
U o‘qigan so‘zlar quyidagilar: “Ayni vaqtda iloji bo‘lgan va yaqqol ko‘rinib turgan ishni qiling. Bizning vazifamiz shundan iborat, oxiri noma’lum bo‘lgan mavhum narsani ko‘rishga behuda urinmang”.

Maftuna ABDULLAYEVA,
psixolog

"Yoshlar ovozi"

Наверх