Yoshlar ovozi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi

Sug‘urta — kelajak kafolati

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan davlatimiz rahbarining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda mazkur qaror ijrosi doirasida sug‘urta kompaniyalari, jumladan, “SQB Insurance” tomonidan sug‘urta biznesiga innovatsion yondashish, yuridik va jismoniy shaxslarning talab va takliflari asosida yangi innovatsion sug‘urta xizmatlarini ishlab chiqish, boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilgan holda milliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Xususan, aholining barcha qatlamiga mo‘ljallangan “Mening oilam”, “Mening uyim”, “Katta uy”, “KASKO-PREMIUM”, “KASKO-SILVER”, “SWEET HOME”, “MY CARD” kabi sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilgani qayd etildi.
— Kompaniya faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar doirasida sarhisob qildik, — deydi “SQB Insurance” kompaniyasi bosh direktori Abdulaziz Xalilov. — 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 21,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Shundan 8,9 milliard so‘m yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, 4,1 milliard so‘m yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini, 1,2 milliard so‘m jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash hisobiga to‘g‘ri keldi.
Azim AXTAMOV

"Yoshlar ovozi"

Наверх