Yoshlar ovozi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi

Yong‘inlarning oldini olaylik!

Toshkent shahar FVB Yong‘in xavfsizligi xizmat xodimlari joylarda, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qonun-qoidalarini tushuntirib, ularga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.
Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad yurtdoshlarimizda yong‘inga qarshi kurash tushunchasini kuchaytirish, bu jarayonga ularni jalb qilishdan iborat. Zero, tilsiz yov bilan kurashish nafaqat soha xodimlarining, balki har bir fuqaroning burchidir. “O‘z uyingni o‘zing asra”, degan shior ham bir-birimiz uchun muhim hisoblanadi. Aksariyat yurtdoshlarimiz qo‘lbola yasalgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanib, umriga zomin bo‘lmoqda. Aholi quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
— ochiq alangadan foydalanilayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish;
— elektr va gaz asboblarini doimo soz holda tutish;
— nosoz, qo‘lbola elektr va gaz asboblaridan foydalanmaslik zarur.
Bolalar bizning kelajagimiz, ularni asrab-avaylab, Vatanimizga sodiq, har taraflama yetuk inson bo‘lib kamol topishlariga biz javobgarmiz. Shunday ekan, har birimiz qayerda bo‘lsak ham ulardan nasihatimizni, hayot uchun kerakli saboqlarimizni hech qachon ayamaylik.
T.YADGAROV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi
Ma’muriy binolarida FVB YOXTTE 3-bo‘linmasi mutaxassisi, serjant

"Yoshlar ovozi"

Наверх