O‘zbekiston–MDH: yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik kuchayadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik shartnomasiga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur bitim MDHga a’zo mamlakatlarning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlari va yoshlar jamoat tashkilotlari orqali yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlikni kuchaytiradi va rivojlantiradi, shuningdek, MDH yoshlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bitimga qo‘shilgan mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishish uchun kerakli sharoitni yaratish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

Ma’lumot uchun: MDH ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi 2005-yil 25-noyabrda Moskva shahridagi Kengash yig‘ilishida imzolangan.

Manba: O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasi