Yoshlar ovozi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi

Karantinda zerikmang! YUMRONQOZIQLAR OILASI

Bahor fasli arafasida yer qizigach, yumronqoziqlar inidan chiqib, bolalash uchun taraddud ko‘ra boshlaydi. Ona yumronqoziq bolalarini emizishi kerak. Shuning uchun biroz yog‘ to‘plash maqsadida bahor o‘tlaridan to‘yib-to‘yib yeyishga tirishadi.
Yumronqoziqlar juda serpusht bo‘ladi.
Bizning mana bu yumronqozig‘imiz naq yettita bolalagan. Hademay u bolalarini sutdan ayiradi. Ungacha bolalari mustaqil ravishda ozuqa topishni, tashqi xavf-xatarlardan himoyalanishni o‘rganishi lozim.
Ammo hali bu kichkintoylar kim do‘st, kim dushman ekanini yaxshi ajrata olmaydi. Ularning baxtiga ayni paytda yumronqoziq kushandasi – yirtqich qushlar kupayish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bilan band. Ular ovga chiqquncha yumronqoziqlar ham katta bo‘lib qoladi.
Odatda yumronqoziqlar yozning jarima kunlari boshlanishi bilan (iyun oyida) yana iniga kirib, chuqur uyquga ketadi. Toki keyingi yilning fevral oyiga qadar. Ungacha o‘t-o‘lanlardan to‘yib, qalin yog‘ qatlamini to‘plashi zarur.
Bu jonzotlar nihoyatda yashovchan bo‘lib, duch kelgan o‘simlik bilan oziqlanadi. Issiq kunlar boshlanib, o‘tlar sarg‘aygach, mahalliy ekinlarga ham qirg‘in keltira boshlaydi. Shuning uchun odamlar yumronqoziqlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lishadi…

"Yoshlar ovozi"

Наверх