Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4708-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etilganligini ma’lum qilamiz. Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi (stipendiya miqdori) 2020-2021 o‘quv yili uchun 5 nafar bakalavriat (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan), 5 nafar magistrant (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan) va 2021 yil uchun 5 nafar tayanch doktorant (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi.

O‘zbekiston Matematiklari kanalida stipendiya talablari bilan tanishishingiz mumkin
https://t.me/milliymatematikauz