BOSH SHIFOKOR 204 MILLION SO‘MNI TALON-TOROJ QILDI

Buxoro viloyatida Moliya vazirligi tomonidan inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 200 million so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Buxoro viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga pandemeya sharoitida dezinfeksiya vositalarini xarid qilishda mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati berilgan.
Markaz bosh vrachi B.B. va vrach-dezinfeksionisti A.H. oldindan til biriktirib, A.H.ning o‘zi ta’sischi bo‘lgan “V-S” MChJ orqali 395,4 million so‘mlik 14,9 tonna gipoxlorid kalsiy dezinfeksiya vositasini 600 million so‘mga, ya’ni 204,6 million so‘mga qimmat narxda xarid qilgan. Tekshiruv davomida bu aniqlangan va bosh vrach B.B. tomonidan 202,5 million so‘m zarar qoplangan.
Mazkur holat yuzasidan B.B. va A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Laylo HAYITOVA