Tiriklik olamining eng go‘zal jonzotlaridan biri — kapalakdir. Kapalak nafaqat chiroyli, balki beziyon, beozor hamdir. Uning na ovozi chiqadi va na uchgani bilinadi. U tabiatga yanada chiroy bag‘ishlab turadi.
Kapalak kishini beixtiyor o‘ziga maftun etadi. Ayniqsa, bolalar uni tutishga oshiqaveradi. Uni tutsangiz, go‘zallikdan bahramand bo‘lmaysiz, aksincha bebahra qolasiz: kapalak nobud bo‘ladi. Bilasizmi, shu holatni nimaga o‘xshataman: siz qanchalar yaxshi, qanchalar beozor va go‘zal bo‘lmang, baribiz sizga ozor yetkazuvchilar, bilib-bilmay yomonlik istovchilar topiladi.
Ammo kapalaklar faqat bir kungina umr kechiradi. Shu qisqa fursat ichida u hayotning butun lazzatini totob ko‘rishga ulguradi. O‘zidan nasl ham qoldiradi. Bu mitti jonzot berilgan umrimizdan unumli foydalanish, vaqtni behuda sovurmaslik borasida ham biz, insonlarga o‘rnak bo‘ladi…
Rayhona TOSHPO‘LATOVA