Oʻzbekistondagi taʼlim sohasi islohotlari haqida

18-iyun kuni Turkiyaning davlat kanalida “Turkiy davlatlarda taʼlim va tarbiya sohasidagi islohotlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro mulokot oʻtkazildi. Unda Oʻzbekistondan Oʻzbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Nigina Shermuxamedova, Ozarbaydjandan Baku texnika universiteti professori falsafa fanlari doktori Ayub Kerimov, Turkiyadan Kibriz universiteti professori, rektor yordamchisi Xaktan Birles ishtirok etdi. Muloqot jarayonida Nigina Shermuxamedova xorij ekspertlariga Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar uch bosqichda amalga oshirilganligi, 3-bosqich 2017-yilda boshlangani, shu davrda jami 37 ta yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilib, xozirgi kunda ular 117 taga yetganligi, professor – oʻqituvchilarning xorijga stajirovka va malaka oshirishi, talabalarning akademik mobillik asosida xorijda taʼlim olishi tizimli tashkil etilayotganligi, taʼlimning eng quyi bosqichi maktabgacha taʼlim tizimidagi yuksalish, xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari, ixtisoslashgan maktablar tashkil etilayetganligida namoyon boʻlayotgani haqida axborot berdi. Shuningdek xorijlik ekspertlarning taʼlim sohasiga oid savollariga batafsil javoblar olishdi.