Ko‘zgu…

Shunday tuyg‘ular borki, juda nozikdir. Qalb esa ularni asrab turadigan maskan. Agar qalb sinsa, ko‘zgu kabi parchalanib ketadi. Ammo keyin uni butlab bo‘lmaydi. Qalb – sotilmaydi. Har ko‘rganda o’ziga maftun aylaydigan va har doim rost so‘zlaydigan dunyodagi yagona buyum u.
Shaffof qalbimiz bizni doim go‘zalroq ko‘rsatadi. Ba’zi paytlarda yig‘laganimiz, gohi kulganimiz faqatgina unga ayon. Qaysidir ma’noda, sirdoshimiz ham shu “ko‘zgudir”…

Nodira MURODOVA