Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi natijalari

O‘zbeksiton Milliy universitetining iqtisodiyot fakulteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligining qo‘llab-quvvatlashida “Sug‘urta kompaniyalari investitsion faoliyatini rivojlantirishninig dolzarb muammolari” mavzusida respublika onlayn-masofaviy ilmiy-amaliy konferensiyaning ilmiy maqolalar to‘plami chop etildi. To‘plam Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligining qo‘llab-quvvatlashi bilan chop etildi.

To‘plam 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda iqtisodiyotga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar samaradorligini oshirish va risklarni boshqarishda mamlakat sug‘urta tizimining o‘rni hamda sug‘urta kompaniyalarining institutsional investor sifatida faoliyatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan tizimli taklif va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
To‘plamda mamlakatning iqtisodchi olimlari, tajribali amaliyotchilari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarining yetakchi ilmiy xodimlari, doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari mujassamlangan.
Kitob iqtisodiyot, moliya, bank sohasida ilm olayotgan talabalarga qo‘llanma sifatida foydalanishlariga ham mo‘ljallangan.

O‘zMU Axborot xizmati