BUXORO: Yoshlar bandligini ta’minlash markazi ish boshladi

2019-2020-o‘quv yilida viloyatdagi 533 ta umumta’lim maktabini bitirgan salkam 26 ming nafar o‘quvchining 58 foizi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan 15 ming 790 nafar o‘g‘il-qizning aksariyati oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirdi.
Ayni paytda viloyatda 11 ming nafardan ziyod ishsiz yoshlar bor. Ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan yoshlar bandligiga ko‘maklashish markazi ish boshladi.
Demak, yoshlarda o‘zini tashvishlantirayotgan masalaga yechim topish imkoniyati kengaydi.

Laylo HAYITOVA