MATEMATIK TALABALARIMIZDAN XUSHXABAR!!!

2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliq!

2020 yilning 25-30 iyul kunlari talabalar o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasi (IMC- International Mathematical Competition) onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadada 46 ta davlatdan 546 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, New York University, University of Maryland, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology, Higher School of Economics (Rossiya), Tel Aviv University, Bar Ilan University (Isroil), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Universität Leipzig, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, University of Warwick, University of Leeds (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” nomli onlayn loyiha 1200 dan ortiq ishtirokchilar 17 nafar talaba iyun oyining oxirida saralab olindi. 2020 yilning aprel oyidan shu kunga qadar talabalarni Karim Raximov (O‘zMU), Abror Pirnafasov (Rur Boxum (Ruhr-University Bochum), Germaniya) va Xakimboy Egamberganov (Sarbonna universiteti (Universite de Paris), Fransiya) xalqaro olimpiadalarga tayyorlashdi.

Ushbu olimpiadada O‘zbekiston Milliy universitetidan 11 nafar, Qarshi davlat universitetidan 1 nafar, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan 1 nafar, Buxoro davlat universitetidan 2 nafar, Guliston davlat universitetidan 2 nafar talabalar 3 ta guruh bo‘lib ishtirok etishdi. Karim Raximov (O‘zMU)-guruhlar rahbari, Gʻolib Botirov (Matematika instituti), Shohruh Ibragimovlar (O‘zMU) guruh rahbari o‘rinbosarlari sifatida ishtirok etishdi. Talabalarimizning olimpiada ishtiroki uchun badal to‘lovi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshirildi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Shaxzod Quroqboyev-oltin medalga, Guliston davlat universiteti talabasi Abdushukur Ahadov-oltin medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Tolibjon Ismoilov – kumush medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Maftuna Samatboyeva-kumush medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir To‘rayev – kumush medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jasurbek Imomov – kumush medalga, Buxoro davlat universiteti talabasi Sobir Boymurodov – kumush medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nilufar Rajabova – bronza medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Doniyor Yazdanov – bronza medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Davrbek Oltiboyev – bronza medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Tursunov – faxriy yorliq, Guliston davlat universiteti talabasi Olimjon Jalilov -faxriy yorliq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Abdumalik Abduqayumov – faxriy yorliq, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Xurshid Turg‘unboyev – faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi.

Matematika instituti rahbariyati talabalarimizning ustozlariga hamda ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan Karim Raximov (O‘zMU), Abror Pirnafasov (Rur Boxum (Ruhr-University Bochum), Germaniya) va Xakimboy Egamberganovlarga (Sarbonna universiteti (Universite de Paris), Fransiya) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.