Navoiy viloyat hokimligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy Assotsiyasi hamda Navoiy viloyat “Tafakkur” yoshlar targ‘ibot markazi buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sinoning 1040 yilligi munosabati bilan “Ibn Sino merosi avlodlari nigohida” Respublika ijodiy ishlar tanlovini o‘tkazadi.
Ushbu tanlovga jo‘natilgan ijodiy ishlar 2020-yilning 20 oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda kasbi va yoshidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar doirasida bo‘lib o‘tadi.

1. Eng yaxshi Ibn Sino hayoti va asarlari bo‘yicha mantiqiy savollar yo‘nalishi:
1-o‘rin – 5tadan 30tagacha yuborilgan mantiqiy savollar orasidan;
2-o‘rin – 5tadan 20tagacha yuborilgan mantiqiy savollar orasidan;
3-o‘rin – 5tadan 10tagacha yuborilgan mantiqiy savollar orasidan tanlab olinadi.

Shartlar:
mulohazali savollar allomaning ibratli hayoti va ulkan merosi bo‘lgan “Tib qonunlari” hamda boshqa asarlari asosida tuzilishi:
-mantiqiy savollar mazmuni bugungi hayotimiz va turmush tarzimiz bilan o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lishi, kundalik hayotimizda ham asqotadigan foydali va qiziqarli ma’lumotlarni qamrab olishi lozim.

2. Eng yaxshi Ibn Sino hayoti va merosini targ‘ib etuvchi animatsion (multifilm, film) yo‘nalishi:

Shartlar:
pandemiya sharoitida bolalarda ilk tibbiy madaniyat va dunyoqarashni shakllantira olishdek targ‘ibot vositasi bo‘la olishi;
– ushbu animatsion mahsulotlarda buyuk tabib hayoti va merosining mazmun-mohiyati ibratli voqealar va qiziqarli hikoyalar orqali yoritib berilishi lozim.

Tanlov g‘oliblari 2020-yil 1 noyabrda OAV orqali e’lon qilinadi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta o‘rin g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Eng namunali, g‘oyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etiladi.

Bundan tashqari, har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 nafar eng sara ijodiy ishlar mualliflari Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi Kengashi va Yoshlar yetakchilari Kengashining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari uchun ajratilgan diplom, pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar tanlov g‘oliblari ko‘rsatgan manzilga yetkaziladi.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
– muallif haqida ma’lumotnoma (ob’yektivka), pasport nusxasi, telefon raqami.

Materiallar tafakkur1985@mail.ru elektron pochtasi hamda IBN SINO VORISLARI (+99893 4381396) telegramm manziliga yuborilishi lozim.

Ma’lumot uchun telefonlar: +436 79 2277531, +99893-438-13-96.

Mazkur tanlov Navoiy viloyat “Tafakkur” yoshlar targ‘ibot markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan “XXI asrda Ibn Sinoga murojaat” loyihasi mablag‘lari doirasida tashkil etilmoqda.