Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakultetiga professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlari bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarga asosan, chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan, oliy ta’lim mussasalari pedagog kadrlari uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan) hamda ilmiy daraja va unvonga ega (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega) pedagog kadrlarni quyidagi Iqtisodiyot fakultetini Makroiqtisodiyot, Iqtisodiyot nazariyasi, Mintaqaviy iqtisodiyot, Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedralariga professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qilamiz:
• iqtisodiy fanlar
• ekonometrika, informatika fanlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida ishlashni xohlovchi, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi pedagog kadrlar 2020-yilning 30 avgustiga qadar O‘zMU, iqtisodiyot fakultetiga (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy) yoki +998977722078 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar taqdim etadilar:
1. Universitet rektori nomiga ariza;
2. So‘rovnoma (ma’lumotnoma, ob’yektivka, tarjimai hol), 4 dona 3×4 hajmdagi rangli fotosurat;
3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hamda ilmiy daraja va unvon bo‘yicha diplomlar nusxasi;
4. Malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi haqida (xorijiy tillar bo‘yicha pedagog kadrlar til bilish darajasi to‘g‘risida) guvohnoma;
5. Mehnat daftarchasi nusxasi.