O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Joriy yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (http://uza.uz/oz/documents/mard-lon1-davlat-mukofoti-bilan-ta-dirlash-t-risida-27-08-2020). Unga binoan, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, mard o‘g‘lonlarimizdan 28 nafari fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.
Sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 26-avgustdagi PQ-4814-qaroriga ilova
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
RO‘YXATI

Raximbayev Otabek Davlatbayevich – Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Serjanov Pamir Oralbayevich – Nukus shahridagi «Oralbay Nukus» oilaviy korxonasi rahbari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Abduxalilov Mirzoxid Voxidjon o‘g‘li – Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Komilov Alisher Abdumannob o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy xodimi (Andijon viloyati)

Djurayev Feruz Xamroyevich – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi (Buxoro viloyati)
Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li – Peshku tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘li – Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti (Jizzax viloyati)

Xalilov Ravshan Qaxramon o‘g‘li – Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ochilov Muxriddin To‘lqin o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Xaydarov Suhrob Suranbayevich – Navoiy shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Egamov Husen Erkinovich – Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Abduxalilov Farrux Shuxratjon o‘g‘li – Yangiqo‘rg‘on tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach-epidemiologi (Namangan viloyati)

Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li – Toshkent davlat texnika universitetining 1-bosqich magistranti (Namangan viloyati)

Nurullayev Hasan Jo‘rabek o‘g‘li – Narpay tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Sharipov Rasul Shokir o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari vzvod komandiri (Samarqand viloyati)

Usmonov Jasur Botir o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy-texnik instituti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)

Eshbekov Azizjon Maxmudjon o‘g‘li – Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Lutfillayev Sharafuddin Rustamovich – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
3-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Saparov Olim Nasimovich – «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasining Termiz shahar filiali rahbari (Surxondaryo viloyati)

Yo‘ldashboyev Boburjon Dilshodjon o‘g‘li – Parkent tumanidagi «Modern edusation» intellektni rivojlantirish markazi direktori (Toshkent viloyati)

Shoyunusov Sarvar Ikrom o‘g‘li – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Axadjonov Asilbek Abdusalom o‘g‘li – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Imomov Jasurbek Axrorjon o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Bobojonov Rahmatjon Alisher o‘g‘li – Toshkent shahridagi «Kitob dunyosi» gazetasining o‘zbek adabiyoti bo‘limi muharriri (Xorazm viloyati)

Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Mamajonov Muhiddin Mo‘ydinjon o‘g‘li – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-o‘qchisi (Toshkent shahri)

Mustafin Vladislav Alfredovich – Suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri)

Related posts: