Hurmatli abituriyentlar!

O‘zbekiston Milliy universiteti va Milliy tadqiqotlar Tomsk Davlat universitetlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda. Tomsk Davlat universiteti QS xalqaro reytingida TOP-250 dan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:
1. 5330300-Axborot xavfsizligi – 25 ta o‘rin, kontrakt asosida. O‘qish muddati 4 yil, muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga 2 ta (dual) diplom beriladi. Talabalar 1-2-kursda O‘zbekiston Milliy universitetida va 3-4-kursda esa Tomsk Davlat universitetida tahsil olishadi.
Kontrakt to‘lovi: 18 mln. so‘m

Magistratura mutaxassisliklari:
1. 5A330302-Axborot xavfsizligi – 12 ta o‘rin, kontrakt asosida. O‘qish muddati 2 yil, muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga 2 ta (dual) diplom beriladi. Talabalar 1-kursda O‘zbekiston Milliy universitetida va 2-kursda esa Tomsk Davlat universitetida tahsil olishadi.
Kontrakt to‘lovi: 20 mln. so‘m

Ta’lim tili: rus

Hujjatlar 30 sentyabgacha onlayn (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScqksd-zXFRcOAlnzPZYg3v4ipjv1NQ1WY6n6MhrDuDJS6r4Q/viewform?usp=sf_link) tarzda qabul qilinadi.
Imtixonlar joriy yilning 2-10 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun telefonlar:
(97) 500-04-07, (97) 139-39-66, 71-246-70-51
E-mail: qabuluzbektomsk@gmail.com