21 nafar fidoyi yoshlar taqdirlandi

Bugungi kunda Koronavirus pandemiyasi butun dunyo hamjamiyatini qattiq xavotirga solmoqda. Virusga qarshi nafaqat shifokorlarimiz balki oddiy xalq vakillari ham birdek kurashmoqda.
Karantin qoidalari kuchaytirilgan bir vaqtda, o’z hayotlarini xavfga qo’yib bo’lsada ehtiyojmand oilalarga o’z yordamlarini, xizmatlarini va sahovatlarini ayamagan bir guruh jizzaxlik yosh volontiyorlar, tadbirkorlar va fidoiy yoshlar muhtaram Prezidentimizning yuksak ishonchlariga sazovor bo’ldilar. Viloyatdan jami 21nafar yoshlar “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jizzax Yoshlar ishlari agentligi