Kuni kecha mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘ eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. G‘oliblar orasida hamkasbimiz — “Yoshlar ovozi”–“Молодежь Узбекистана” gazetasi tahririyati xodimi Nargiza Umarova ham bor.
Nargiza Umarova Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng va tahliliy yoritilgan materiallari uchun 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Hamkasbimiz Nargiza Umarovaga ijodiy muvaffaqiyat va bundan-da ulkan zafarlar tilaymiz!