Toshkent davlat yuridik universiteti va Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ikki muassasa rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur memorandumning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Qayd etilganidek, memorandumga ko‘ra, TDYU professor-oʻqituvchilari tomonidan federatsiya xodimlari uchun qisqa va uzoq muddatli kurslar tashkil etiladi. O‘z navbatida universitetning bakalavriat va magistratura talabalari federatsiya va uning tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda amaliyot o‘tashi mumkin. Shu bilan birga hujjatda TDYU professor-oʻqituvchilari uchun xorijda malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kelgusida hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalar, xorijiy va xalqaro grant dasturlari hamda turli tanlovlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, memorandumga muvofiq, federatsiya tizimida muvaffaqiyatli amaliyot o‘tagan istiqbolli bitiruvchilar tashkilotda ishga olib qolinadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi