O‘zbek tili — aziz ona tilim!

O‘zbek tili — aziz, ona tilim!
Men uchun — tanho, yagona tilim!
Tillarning marjonday shodasida
Sen — noyob gavhar, durdona tilim.
Sen — turkiy tillar aro qadimdan
Sardoridirsan, ey, ona tilim
Azim chinorday, teran ildizing
Moziyga tutash — sharqona tilim.
Tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy
Buyuk ajdodim, turkona tilim.
Senda o‘ylagan daho Beruniy,
Farg‘oniy, Xorazmiy, ona tilim
Senda kuylagan buyuk Navoiy
Bulbulday jo‘shib, ey, ona tilim
Jahongir Temur, shoir Shoh Bobur
So‘ylagan — mag‘rur, shohona, tilim
Qancha sinovdan o‘tib, toblanib,
Shakllanding — g‘olibona, tilim.
Istiqlolga yuz tutgan chog‘ yurtim
Shaylanding parvozga, ona tilim.
Gullab-yashnasin — hur O‘zbekiston!
Bulbulday sayra — mastona, tilim.

Burxon Eshniyozov,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi alochisi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 34-maktab Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi