BAXT VA SHODLIK KUYCHISI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda barpo etilgan Adiblar xiyoboni buyuk adiblarimiz ijodi va hayot yo‘lini chuqur o‘rganish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Yaqinda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ishtirokida atoqli shoir Hamid Olimjon ijodiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oliy o‘quv yurti rektori Kamoliddin O‘rinboev Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’ruza qildi. Shoir she’rlari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar yangradi.
Tadbir davomida shoir kuylagan vatanparvarlik, sevgi, mardlik, vafo, sadoqat singari o‘lmas tuyg‘ular yoshlarning kamolga yetishida juda katta ahamiyat kasb etishini yana bir karra angladik. Shuningdek, Hamid Olimjon she’rlari asosida yozilgan qo‘shiqlar tanlovini o‘tkazish taklifi bildirildi.

Guliniso TO‘XTAOXUNOVA,
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
musiqiy pedagogika fakultetining 3-kurs talabasi