Gohida o‘qish, ish, qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari va boshqa yumushlar ko‘payib, pedogogik madaniy hordiq chiqarishga, teatr va muzeylarga borishga ham vaqt yetmaydi. Vaholanki, bu talaba-yoshlarning ham, ustoz-pedagoglarning ham o‘z ustida ishlashi, dunyoqarashini kengaytirishi uchun qulay imkoniyatdir.
O‘zbekiston geologiya muzeyi ana shunday madaniyat maskanlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi tasarrufidagi muzey 1988-yili ochilgan. Muzey kolleksiyasi yurtimizda geologiyaning 75 yillik faoliyati moboniyda yig‘ilgan katta hajimdagi eksponatlar bilan boyitilgan.
Toshkent davlat transport universitetining 118-guruh talabalari bilan muzeyga tashrif buyurib, noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirdik. Miloddan bir necha ming yillar avval yashagan dinozavr suyaklari-yu mayda tosh kristallari sayohatchi talabalarda unitilmas taassurot qoldirdi.

Abror ABDULLAYEV,
Toshkent davlat transport universiteti o‘qituvchisi