Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va sa’y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi.
Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, bugun 2021-yil 1-mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ma’lumki, dori-darmonlar qatorida vaksinalar ham tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi