O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev Surxondaryo
viloyatida bo‘lib, mahallabay tizimida hududdagi masʼul rahbarlar, sektorlar hamrohligida
denovlik yigit-qizlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi. Uchrashuvda “Yoshlar daftari”-
ga kiritilgan 200 ga yaqin yosh ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirga qator korxona-tashkilotlar rahbarlari, bank
xodimlarining ham kelgani ayni muddao bo‘ldi. Muloqot davomida yoshlarning 40 ga
yaqin taklif va muammolari tinglanib, ularning bir qismi joyida hal etildi. Qolganlarining
ijrosini tez va sifatli taʼminlash bo‘yicha kelishib olindi.