Anotatsiya: Ilmiy izlanishning materiali sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi terapiya, gematologiya va endokrinologiya bo’limlarida davolangan 180 nafar bemorlardan 100 nafari olindi. Bemorlarni tadqiqot davomida shartli ravishda 3-guruhga bo’ldik.
1-guruh: Bemorlarda gemoglobin miqdorining kamayishi tufayli kelib chiqqan anemiyaning darajalari. (1-jadval)
2-guruh glyukoza miqdorining ortishi sababiga ko’ra. (5-jadval)
3-guruh ortiqcha tana vazni darjalariga ko’ra. (6-jadval)
Kalit so’zlar: Koronavirus infeksiyasi (COVID-19), anosmiya, agevziya, distress sindrom, terapiya, gematologiya, endokrinologiya, pnevmoniya, sepsis, inkubatsion davr, proliferatsiya, animeya, leykopeniya, limfopeniya, gipoksiya, insulin, glyukokortikoid, kollagen, elastik, proteoglikan, glokoproteinlar, tana vazn indeksi, qandli diabet, oshqozon osti bezi, №9-parhez stoli, anamnez vitae, anamnez morbi
Tadqiqot materiali va usullari: Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) –SARS COV-2 korona virus turkumidagi yangi shtamm keltirib chiqaruvchi, havo-tomchi va maishiy-kontakt yo‘li bilan tarqaluvchi, o‘pka to‘qimalarini zararlashga moyil bo‘lgan, simptomsiz virus tashuvchilikdan to kasallikning og‘ir klinik ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan shakligacha olib keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, intoksikatsiya, yuqori va pastki nafas yo‘llarining yallig‘lanish jarayoni, o‘tkir respirator distress sindromi bilan kechuvchi pnevmoniya va sepsis rivojlanish xavfi bilan tavsiflanadi. Inkubatsion davr muddati 2 dan 14 kungacha, o‘rtacha 5-7±2 kun. Umumiy populyasiyadagi klinik belgilar diapazoni kasallikning yengil bosqichidan kritik holatning rivojlanishigacha o‘zgaradi. Qandli diabet bu modda almashinuvi buzilishi qonda glyukoza miqdorining o’zgarishi bilan kechadi. Insulin gormoni qondagi glyukozani tegishlicha, energiya sifatida ishlatish yoki zaxira sifatida toʻplash uchun xizmat qiladi. Qandi diabet kasalligida esa, insulin gormonini organizm yetarlicha ishlab chiqara olmaydi yoki undan samarali foydalana olmaydi. Natijada, qonda qandning miqdori normadan koʻpayib, koʻz, buyrak, nerv va boshqa muhim aʼzolarda turli patologik holatlar yuz beradi. Qandli diabet kassaligini ikkita tipi mavjud. 1-tip diabetga chalingan odamlarda turli sabablarga koʻra, oshqozon osti bezidagi insulin ishlab chiqaradigan hujayralari insulin ishlab chiqarmaydi. 2-tip qandli diabet kasalligida organizmdagi tegishli hujayralarning insulinga nisbatan sezgirligi kamayib, yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarilgan taqdirda ham qondagi glyukozani hujayralarga kiritishda muammo yuz beradi. Oqibatda, qon tarkibida qandning miqdori koʻp boʻlib qolaveradi. Bu esa, organizmda turli muammolarga sabab boʻladi.
Ilmiy izlanishning materiali sifatida 05.07.2020 dan 05.09.2020 gacha bo’lgan muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi terapiya, gematologiya va endokrinologiya bo’limlarida davolangan 180 nafar bemorlardan ortiqcha vaznga ega 100 nafar bemor olindi. Shundan kasallanganlarning 54 nafari erkaklar, 46 nafari ayollarni tashkil qildi. Bemorlar yosh ko’rsatkichi erkaklarda 24-67 yosh oralig’ida, ularning o’rtacha yosh ko’rsatkichi 52.9±1.1 ni, ayollarda yosh ko’rsatkich 18-75 oralig’ida, o’rtacha yosh ko’rsatkichi 56.5±1.4 ni tashkil etdi. Tashxis, bemorlar shifoxonaga davolanish uchun kelganda shikoyati, anamnezi, obyektiv, shuningdek paraklinik ma’lumotlar asosida qo’yildi.
Tana haroratining oshishi (83–99%), yo‘tal (59–82%), umumiy xolsizlik (44–70%), ishtahaning yo‘qolishi (40–84%), hansirash (31–40%), anemiya (60-86%),
mushaklardagi og‘riq (11–35%)k o‘p xolatda kuzatildi
Qariyalar va immuniteti susaygan insonlarda kuzatildi: tana harorati oshmasdan atipik kechishi, umumiy xolsizlik, e’tibor va jismoniy faollikning pasayishi, diareya, ishtahaning yo‘qolishi, hid bilish xususiyatining yo‘qolishi (anosmiya) yoki ta’mni sezmaslik (agevziya), respirator belgilardan avval boshlandi. Immunitetni susayishi leykopeniya, limfopeniya hisobiga yuzagan kelgan. Bemorlarda nafas olish sistemasida yallig’lanish jarayoni juda jadallikda kechdi. Bunda yallig’lanishning proliferatsiya bosqichi biriktiruvchi to’qima ichki komponentlari (kollagen, elastik, proteoglikan, glokoproteinlar) sintezi ortishi hisobiga chandiqlanish bosqichiga o’tib ketdi va o’pka rentgenogrammasida tarqoq chandiqlar kuzatildi. Bemorlar o’pkasida chandiqlanish, yallig’lanish, gemoglobin miqdorining kamayishi tufayli gipoksiya (kislarod yetishmovchiligi) yuzaga keldi va natijada bemorlarda anemiya yuzaga keldi.(1-jadval)

Covid-19 kasalligi bilan davolanayotgan bemorlarni gematologik va nogematologik asoratlarini tahlil qilish maqsadida qonning umumiy tahlili (2-jadval), koagulogramma (3-jadval) va qonining bioximik (4-jadval) tekshirildi. Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bermorlarning qonida nima sababdan glyukoza(+++) miqdori yuqori chiqqanligini aniqlash maqsadida bemorlar anamnez vitae, anamnez morbi hamda qonning biokimyoviy tekshirish orqali 2 guruhga bo’ldik. Bunda 1-guruh bemorlarda oldindan surunkali qandli diabet kassaligi bilan og’rigan, 2-guruh bemorlarda esa Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangandan so’ng oshqozon osti bezi dum qismiga zarar berishi hisobiga qondagi qandni normal holatda saqlaydigan insulin ishlab chiqaruvchi betta hujayralar faoliyatiga zarar yetkazmoqda.
2-jadval

Bundan tashqari Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga yuqori dozada glyukokortikoidlar berilishi hisobiga ham qonda qand miqdori(+++) oshdi. Shu uchun bemorlarda oldin qandli diabet bilan kasallanmagan bo’lsa ham glyukoza miqdori oshdi.

3-jadval

4-jadval

Yuqoridagi 3-jadvalga ko’ra bemorlarning kaogulogramma tahlili natijalariga ko’ra bemorlarga geparin buyuriladi. 4-jadvalga ko’ra kreatinin ortishi tufayli erkaklardan 8 nafar (≈14.8%), ayollardan 9 nafar (≈19.6) bemorlarda o’tkir buyrak yetishmovchiligi nefropatiyalar kuzatildi. Erkaklardan 19 nafar (≈35.2%), ayollardan 14 nafar (≈30.5%) bemorlarda jigar yetishmovchiligi kuzatildi.

5-jadval

Yuqoridagi jadvalga ko’ra erkaklarning 11 tasi 19% oldin qandli diabet bilan kasallanmagan, 6 tasi ≈11,11% surunkali qandli diabet bilan kasallangan. Ayollarning 13 tasi ≈28.26% oldin qandli diabet bilan kasallanmagan, 4 tasi ≈8.69% surunkali qandli diabet bilan kasallangan. Ushbu 100 nafar ortiqcha vaznga ega bo’lgan bemorlarni tana vazn indeksi (tana vazn o’g’irligini bo’y uzunligining kvadratiga bo’lingani) va bel aylanasini o’lchadik. Bunda jami 54 nafar erkaklar va 46 nafar ayollarni sonini tana vazn indeksiga ko’ra 4 darajaga, bel aylanasiga ko’ra 2 darajaga bo’ldik. (6- jadval) Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning qon ivish vaqti kamaydi buning sababi trombositlar, fibrin tolalar hamda glyukozaning ortishi bo’ldi. Ortiqcha vaznga ega hamda qonida glyukoza miqdori oshgan bemorlarga 9-parhez stoli buyurildi.
6-jadval

Ovqat tarkibidan uglevodga boy moddalarni cheklash, kunlik nafas va jismoniy mashqlarini reja asosida bajarishi buyurildi.
Xulosa: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa o’rnida aytish mumkinki Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda qonni bioximik hamda siydik tahlilini tekshirganimizda glyukoza(+++) miqdorining ortishini ko’rdik. Erkaklarda o’rtacha 9.8 mmol/l, eng yuqori 28.3 mmol/l, eng pastki 4.1 mmol/l, ayollarda o’rtacha 7.1 mmol/l, eng yuqori 18 mmol/l, eng pastki 3.9 mmol/l ni ko’rsatdi. Erkaklarning 11 tasida 19%, ayollarning 12% oldin qandli diabet bilan kasallanmagan bunda virus oshqozon osti bezining dum qismiga zarar berishi natijasida, yuqori dozada glyukokortikoidlar berilishi hisobiga glyukoza miqdori oshib bemorlarda qandli diabetning klinik belgilari namoyon bo’ldi. Bemorlar o’rtacha 14±2 kun davolangan bo’lsa sog’aygandan keyin oldin qandli diabetga chalinmagan bemorlarning 95 nafar (95%) da glyukoza miqdori normal holatga tushdi. 3 nafar (3%) erkaklarda, 2 nafar ( 2%) ayollarda glyukoza miqdori so’g’aygandan so’ng normadan yuqoriligi aniqlandi va bemorlar endokrinolog nazorati ostiga olindi. Anemiyaga uchragan bemorlar sog’aygandan so’ng anemiyaning o’rta darajasidan yengilga, o’g’ir darjadan o’rta darajaga o’tganligini qayta qonning ummumiy tahlili orqali bildik va ularga temir preparatlari ferronal, ferrum lek , vitamin D, antiagregantlarda asetilsalisil kislota(aspirin) ¼ tabletkadan, trombopol 100 mgdan kuniga 1 mahal 30 kun ichish buyurildi. Barcha bemorlar oilaviy poliklinika shifokori nazorati ostida uyga ruxsat berildi. Bemorlarga №9-parhez stoli buyurildi. Ovqat tarkibidan uglevodga boy moddalarni, achchiq, sho’r, qovurilgan, gazli va spirtli ichimliklardan cheklash buyurildi. Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga to’g’ri hamda sifatli ovqatlanishni, tana vazniga e’tibor qaratishlarini, har kuni jismoniy va nafas mashqalar bajarishlari kerakligi buyurildi. Bunday bemorlar qandli diabet kasalligi bilan kasallanish xafi ostidagi bemorlar hisoblanadi. Reablitatsiyadan so’ng bemorlarni 30 kundan keyin o’zlari bilan telefon va oilaviy poliklinika shifokori orqali anamez yig’ilganda so’gaygandan keyin glyukoza miqdori oshgan 5 nafar (5%) bemorlarni 1 nafar (1%) erkaklarda, 1 nafar (1%) ayollarda glyukoza miqdori ko’p chiqdi. Bu bemorlar shifokor tomonidan berilgan tafsiyalarga rioya qilmaganligi aniqlanib, takroriy tushintirish berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi arxividagi kasallik tarixi
2. https://t.me/koronavirusinfouz
3. Клиническое ведение тяжелой острой респираторной инфекции при подозрении на новую коронавирусную (2019-nCoV) инфекцию. Временные рекомендации. 27 мая 2020 г. Женева: Всемирная организация здравоохранения; 2020 г. Имеется по адресу https://apps.who.int/iris/bitstream/handle/10665/332196/WHO-2019-nCoV-clinical-2020.5-rus.pdf?sequence=19&isAllowed=y
4. WHO guidelines on hand hygiene in health care: first global patient safety challenge. Geneva: World Health Organization; 2009. Имеется по адресу http://apps.who.int/iris/handle/10665/44102, по состоянию на 20 января 2020 г.).
5. The use of non-steroidal anti-inflammatory drugs (NSAIDs) in patients with
COVID-19. Geneva: World Health Organization; 2020
(https://www.who.int/news-room/commentaries/detail/the-use-of-non-steroidal-anti-inflammatory-drugs-(nsaids)-in-patients-with
6. www.avitssena.uz

Ixtiyorov Shahboz Ixtiyor o’g’li
Toshkent toshkent akademiyasi Urganch filiali
Pediatriya fakulteti 4-kurs talabasi