Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi.
Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egalladi. TDYU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
TDYU THE Impact Rankings yettita yo‘nalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
– SDG 4: Quality Education (ta’lim sifati) – 201-o‘rin;
– SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) – 401-o‘rin;
– SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish) – 201-o‘rin;
– SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovasiya va infratuzilma) – 401-o‘rin;
– SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) – 401-o‘rin;
– SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-o‘rin;
– SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik) – 401-o‘rin.

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi