Oʻzbekistonda elektron xizmat koʻrsatayotgan ayrim xorij kompaniyalariga Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xizmat koʻrsatadi. Ushbu xorijiy kompaniyalar 2020-yilda Oʻzbekistonda quyidagi miqdorlarda soliq toʻladi:
Unga koʻra,
Facebook Ireland Limited kompaniyasi – 5 981 mln. soʻm;
Google Commerce Limited – 3 453 mln. soʻm;
Apple Distribution International Limited – 1 934 mln. soʻm;
Netflix International B.V. – 190 mln. soʻm;
Booking. Com B.V. – 181 mln. soʻm;
Yandex Europe AG – 136 mln.
soʻm miqdorda soliq tushumlarini amalga oshirgan.
2020-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston hududida elektron xizmat koʻrsatuvchi korxonalar soni 23 ta boʻlib, keyinchalik ularning soni yana 3 taga koʻpaydi va 2021-yil 1-aprel holatiga jami 26 ta xorijiy kompaniya yurtimizda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq toʻlovchilar sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
2020-yil yakuniy hisoblariga asosan, bunday kompaniyalar uchun hisoblangan jami qoʻshilgan qiymat soligʻi miqdori 12,3 milliard soʻmni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 1-choragida mazkur kompaniyalardan davlat byujdetiga 4,3 milliard soʻmlik soliq tushumlari tushishi taʼminlandi.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Matbuot xizmati