Xabaringiz bor, joriy yilning 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar Toshkent shahrida “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida yosh harbiy xizmatchilarni jismoniy va jangovar shayligini oshirish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi asosida kamol topishlariga koʻmaklashish maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Toshkent shahar hokimi – harbiy-maʼmuriy sektor rahbari kubogi” sport musobaqalari boshlandi.

Sport musobaqasida jami 16 jamoa – Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toifalangan obʼektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi, Toshkent harbiy okrugi, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi, Xalqaro aeroport xavfsizligini taʼminlash qoʻshini qoʻmondonligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar akademiyasi, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, Qoʻriqlash boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, 55159-harbiy qism jamoalari sportning mini futbol, arqon tortish, suzish (100 va 200 metrga), basketbol, estafeta, stol tennisi turlari boʻyicha oʻzaro raqobatlashadi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari 3 dekabr kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida taqdirlanadi.

Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati