Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 6-IMTIYOZ:

25.1.2023 1020

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Mehnat qurollari uchun subsidiya

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnilishda yordam olishi mumkin.

6-IMTIYOZ:

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi. 

Kimlarga beriladi?

– “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlariga;

 – “Ayollar daftari”ga kiritilganlar farzandlariga;

– “Ijtimoiy himoya yagona reestri” AT orqali kam taʼminlangan deb topilgan oila farzandlariga;

– kam taʼminlangan ishsiz yoshlarga.

Qancha miqdorda?

Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish