Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ADOLAT QO'RG'ONI

26.1.2023 317

M.YAKUBOV, Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi. E.QURBONOV, sudya

Islohotlar – rivojlanish asosidir. Bejizga fikrimizni mazkur jumla bilan boshlamadik. Sababi, so'ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimizning har tomonlama rivojlanishini ta'minlamoqda. Mazkur rivojlanish jarayonlarini har birimiz ishtirokchisi va guvohi bo'lib turibmiz. Mana shu rivojlanish sud hokimiyatida ham izchillik bilan davom ettirilmoqda-ki, buning natijasida xalqning adolat maskani bo'lgan sudlarda adolatli va qonuniy qarorlar qabul qilinmoqda.

Aslida bu shunday bo'lishi kerak bo'lgan holatdir. Lekin davlat tomonidan buning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlanishi, sud hokimiyatini Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda “Adolat qo'rg'oni”ga aylantirish borasida qabul qilinayotgan farmon, qaror hamda boshqa hujjatlar sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim asosi bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ham ayni shu maqsadni ko'zlagan. Mazkur Farmon sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudlar faoliyati samaradorligi, shuningdek, odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Unga ko'ra davlatimizda inson qadri har narsadan ustunligi yana bir o'z isbotini topdi.

Fikrimiz isboti sifatida tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiyada ko'rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya ko'rib chiqish;

– viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tartibida qayta tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko'rib chiqish; –

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko'rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay'atlarida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish; yuqori instantsiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko'rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilish mas'uliyatini yuklash kabi o'zgartirishlar kiritilayotganligini ta'kidlash joiz.

Bunday o'zgartirishlar fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi oldi olinishiga hamda ishlarni ko'rilishi muddatini yanada tezlashtirilishiga olib keladi. Aksariyat ishlar fuqarolarning o'z hududlari doirasida qonunniy hal etilishiga zamin yaratiladi.

Shuningdek, Farmonda sudlar va sudyalarning chinakam mutaqilligini ta'minlanishiga alohida urg'u berilgan. Xususan, sud ishiga har qanday aralashuv qat'iy jazolanishi, bunday harakatlar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanishi va mavjud choralarning kuchaytirilishi, bir so'z bilan aytganda sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etildi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash oldimizga qo'ygan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir.

O'zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasining ham bu jarayonlarda faol ishtiroki ya'ni, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudyalar faoliyati bo'yicha qonunga xilof va asossiz e'lon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan obyektiv ravishda, tezkorlik bilan munosabat bildirib borish, sudyalar hamda sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish kabilar belgilanishi natijasida uzoq yillik, boy tajribaga ega bo'lgan faxriy sudyalarning munosabati orqali ham sud mustaqilligini ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish