Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Alisher SA’DULLAYEV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori.

16.7.2022 682

⚡️O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi!

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbeksiton ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaqt bo‘ldi. 2022-yil iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi.

Dunyo reytingini mos ravishda AQSh, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, reytingda yurtimiz dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda.

Albatta, bu hali shaxmatdagi natijalarimizning boshlanishi. TOP-10 talikka va undan yuqori o‘rinlarga kirish uchun jamoamiz bilan astoydil mehnat qilib, bundan ham yuqoriroq natijalarga erishishga harakat qilamiz. Bugungi yutuq bilan esa barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish