Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ARZIRMIDI...

15.6.2022 423

Ozoda ODILOVA, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabasi

Tunni bedor o‘tkazmoqlik,
Tarab ko‘kka yetkazmoqlik.
Joningdan jon tutqazmoqlik,
Qabog‘ingga arzirmidi?


Bemor bo‘lsam, gir parvona,
Sog‘intirsam, dil – so‘zona.
Aytgin, mendek sho‘r peshona,
Dudog‘ingga arzirmidi?


Xirmon, paxta, qir-u adir,
Mehnat, mehnat – shumi taqdir?
Qo‘llaring kuydirgan tandir,
Qadog‘ingga arzirmidi?


Turmushning mushti bor qaro,
Bir boshingga ming bir savdo.
Ko‘zingdan yosh to‘kkan dunyo,
Yanog‘ingga arzirmidi?


Yo‘qchilikning yo‘qliklari,
Bolang to‘ysa sho‘xliklari.
Yetti dunyo ko‘hliklari,
Sabotingga arzirmidi?
Ona?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish