Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

BIRINCHI QOR

12.1.2023 608

Madina MAMASAIDOVA

Madina MAMASAIDOVA – 2000-yil 21-martda Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida tug'ilgan.  Ayni paytda O'zbekiston  Jurnalistika  va ommaviy  kommunikatsiyalar  universiteti talabasi. Uning qalamiga mansub bo'lgan hikoyani sizga tortiq etmoqdamiz!   

BIRINCHI QOR

Bugun birinchi  qor yog'di xayolidagi parlarni qo'l bilan ushlashni orzu qilgan bolalar ko'chaga oshiqishardi.

– Oyijon maylimi ozgina o’ynab kelsam .

Endi oltiga chiqqan o'g'liga Odina mehr bilan qarab qoldi.  Odina o'g'lini yer-u ko'kka ishonmaydi.

Undan mehrini ayamaydi.  O'zganing farzandini ham o'z farzandidek ko'radi. Balkim o'tgan hayotida kechirgan qiyinchiliklari bunga sabab bo'lgandir.

Odina muchal yoshiga yetganda onasi og'ir kasallikdan vafot etdi .Onasiga bo'lgan sadoqatini saqlab qolish uchun otasi harchan harakat qilmasin uni ikkinchi bor uylab qo'yishadi. Albatta birinchi bor  kelganda “Yangi oyi yaxshi bo'lib ko'rindi”. Odinaga yomon gapirmadi, ammo ukallari tug’ilgandan keyin Odina bir chekkada yakkalanib qoldi. (Unga vaqt ham yo'q edi.)

Odina o'zini qanchalik yaxshi tutmasin onasi unga boshqa oldingidek gapirmadi. (Unga shunday tuyilgandir.) “O'gay baribir o'gay”  degani chin ekan deb yurdi. Onasi yomon ayol emasdi.  Lekin Odinaga mehr tayanch bera olmasdi. Otasi Odinaga yaxshi gapirsa onasi unga boshqacha nazar bilan qarar edi, go'yo. Onasi otasining mehrini ham rashk qilar edi. Uning yoshi ulg'ayib borgach bu narsalarga berilmay ham  qo'ydi.  O'zini ishga, mehnatga, o'qishga bag'ishladi. Bu uning eng maqbul tanlovi edi. U ham o'qib, ham ishladi. Uning umuman bo'sh vaqti yo'q edi. U onasi berolmagan mehrni o'qishdan, ishdan topdi.

         Oppoq qor yog'ayotganini ko'rib, Odina birdaniga sergak tortdi. Iye, Odina sen hali hech qanday qiyinchilik ko'rmabsan-ku, nahotki, sen shularni qiyinchilik deb aytayotgan bo'lsang! Uyal, Odida, uyal! Axir hayotda sendan ham badtar hayot kechirayotganlar ham bor-ku.

Yaxshilab o'ylab ko’rsa Odina hayot mashaqqatining o'ndan birini ham ko'rmabdi. Ha uning hayotida bo'lib o'tgan voqealar har bitta insonning bir marta bo'lsa-da boshidan o'tadi. Buni mashaqqat deb atab bo'lmaydi. Bu inson uchun berilgan sinovdir.

Qor yog'ayapti! Birinchi qor!

Borliqni oppoq qor qoplamoqda. Xuddi ko'ngildagi dog'larni yuvgandek ...

                                           

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish