Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

BURCH

7.5.2022 415

Sardor SA’DULLAYEV

Vatan, de onadan tug‘ilganingdan,
Gavdang mayda bo‘lsa olma xavotir.
O‘zgalardan kutma mardlik qilishni,
O‘zing qahramonsan, o‘zing bahodir.

Obro‘yingdan ko‘proq o‘yla yurtingni,
Muqaddas nomiga yuqtirmasdan gard.
Jussang kichikligi ahamiyatsiz vaj,
Yuraging kichkina bo‘lmasligi shart...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish