Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

19.4.2024 24

ALLOMADAN BIR HIKMAT

O‘g‘il bolani to‘qchilik buzadi, qiz bolani yo‘qchilik...  Sadriddin Ayniy

19.4.2024 22

Otaliqqa olingan yoshlar

13 nafar yoshni qiynab kelayotgan muammolar ijobiy hal etilgan.

18.4.2024 61

"Zamonaviy" psixologiya yoxud pul ishlashning oson usuli

 “Hayotingizni yaxshilash uchun 3 maslahat”, “Oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishning effektiv usullari”, “Turmushgacha”, “Turmush oʻrtogʻingizni rom qilish usullari”, “Magnit ayol” kabi “tajribali psixologlar” tashkil etayotgan bu kabi kurslar qulog‘ungizga chalingandir. Avvallari psixologga borganlarga “ruhiy xasta”dek qaralgan boʻlsa, bugun bunday mutaxassis qabuliga yozilish, turli treninglarida ishtirok etish odatiy holga aylandi. Aslida biz psixologga qay darajada muhtojmiz? Psixologiya nega bunchalik ommalashmoqda?

17.4.2024 60

Gaz-svet tariflari qimmatlagani bois ayrim shaxslarga kompensatsiya to'lab beriladi

1 millionga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda qayta hisoblanadi.

16.4.2024 64

Mahalla lideri hududida o‘ziga xos tarix yozmoqda

Sarvarbek har tong ishga kirishar ekan “Bugun tarix yozishim kerak” deya o‘z oldiga maqsad qo‘yadi.

16.4.2024 62

Endi ko‘p ishlatganlar ko‘p to‘laydi: yangi energetika ta'riflari belgilandi

oriy yilning 1-mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 soʻm hamda 900 soʻmdan qolmoqda.

16.4.2024 58

60 ming gektar yer + 100 million kredit

Prezidentning “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi. “Mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan beriladi 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o‘rtasida o‘tkaziladi. Bunda: yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsizbo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi; zaklat puli BHMning 1 baravari(340 ming so‘m) miqdorida belgilanadi; yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar o‘zlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi. Qanday maydonlar ijaraga beriladi? Qarorga ko‘ra, talabgorlarga 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida quyidagilar ijaraga beriladi: sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakliva moyli ekinlar yetishtirishga sug‘oriladigan ekin maydonlari; bog‘dorchilik-uzumchilikyo‘nalishlari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog‘lar yer maydonlari; dorivor o‘simliklaryetishtirish, chorvachilik yo‘nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo‘ljallangan, lalmi, bo‘z, yaylov va yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari. Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o‘lchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga ko‘ra aniqlanadi. Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi. Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi. Yer olganlarga 100 mln.gacha kredit Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi: Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag‘lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 million so‘mgachakredit ajratish. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosidaajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi; talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 millionso‘mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo‘jaliklariva tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan – 33 million so‘mgacha kredit ajratish; joylardagi 167 ta “Agromarkazlar”orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug‘, ko‘chat yetkazish, mineral o‘g‘it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.  

16.4.2024 50

O‘zbekistonda mobil internet narxi qimmatmi yoki arzon?

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. MDH davlatlaridan mobil internet mavjudligi bo‘yicha Rossiya 26, O‘zbekiston 43, Armaniston 55, Belarus 61, Qozog‘iston 63, Qirg‘iziston 90, Ozarbayjon 114, Tojikiston 163-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston internetdan foydalanish imkoniyati bo‘yicha Tojikistonni reytingda ikki pog‘onaga ortda qoldirib, 161-o‘rinni egallagan. Reytingga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 10 Gb dan ortiq ma’lumotlarga ega mobil telefon rejasining o‘rtacha narxi 24,20 dollarni tashkil etadi, odamlar bunga o‘z maoshlarining 4,1 foizini sarflaydi. MDH davlatlari orasida internet narxlari reytingida Qirg‘iziston 8-o‘rinda (1 gigabaytning o‘rtacha narxi 0,17 dollar), Rossiya 15-o‘rinda (0,25 dollar), O‘zbekiston 22-o‘rinda (0,30 dollar). Qozog‘iston 35-o‘rinda (0,41 dollar), Belarus 66-o‘rinda (0,67 dollar), Armaniston 88-o‘rinda (0,98 dollar), Ozarbayjon 146-o‘rinda (1,76 dollar) joylashgan.

Batafsil

VIDEOROLIKLAR

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish