Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Douin” – xitoycha “TikTok”!

29.1.2023 384

Abdulaziz AHMEDOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

“TikTok” Xitoyda ham bor. Qizig‘i, xitoyliklar foydalanadigan “TikTok” kontentlari biz ko‘rayotgan videolardan juda katta farq qiladi!

Xitoyda “TikTok”ning muqobil varianti ishlab chiqilgan. Uning alternativida asosan ta’lim, ilm-fan, qanday qilib imtihonlarda yaxshi baho olish targ‘ib qilinadi, yoshlarga tavsiyalar beriladi. Noodatiy va qiziqarli formatda! Va buni hukumat davlat siyosati darajasida nazorat qiladi.

Masalan, “Kubik-Rubik” Olimpiadasi, ustozlarga hurmat-ehtirom, bolalarning professional rasm chizishi, kuylashi, maktabni a’lo baholarga bitirish... “Douin” (“Tik Tok”ning Xitoydagi nomi)ning xitoylik bolalarga berayotgan “mahsuloti”dir.

Yana bir jihat, “Douin”dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 40 daqiqadan ko‘p foydalana olmaydi. Qolaversa, dasturdan tunda foydalanish ham taqiqlangan.

Yurtimizda ham “TikTok” blokdan chiqarilgani, dastur O‘zbekistonda VPNsiz ishlay boshlagani aytilmoqda. Biz ham kontentni:

• er-xotin munosabatlari;
• qayerdadir sodir bo‘lgan daxshatli voqealar;
• yo‘l-transport hodisalari;
• ur-to‘polon yoxud shou-biznesdagi qaysidir "taniqli" shaxsning “prank” videolari;
• dabdabali hayot targ‘iboti;
• Dubaydagi asal oyi… dan yoshlarning ta’lim olishiga, kitobxonlikni rivojlantirishga o‘zgartirsak, platformani manfaatli videolar bilan to‘ldirsak, “TikTok”ni bloklashga hojat yo‘q.

Vaholanki, zulmat qancha qora bo‘lsin, uni chiroq bilan yoritsa bo‘ladi…

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish