Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

GAZ KELSA, ISHSIZLAR QOLMAYDI

7.8.2022 819

Salohiddin QO‘LDOSHEV, Boyovut tumanidagi “Markaz” mahallasi yoshlar yetakchis

Hamkasblarim qatori men ham yetakchi sifatidagi ishimni xatlovdan boshla g a n m a n .
O‘sha damlarda xayolimda faqat bir narsa – qanday qilib yoshlarga yordam berishim mumkin, degan savol aylanardi. Bir kuni navbatdagi xonadonga kirganimda keksa ayolning bir chelak suvni bazo‘r ko‘tarib kelayotganiga ko‘zim tushdi. Ishimni tugatib, o‘sha ayol tomon shoshildim. Tamara Valiyevaning yolg‘iz yashashini bilardim, ammo unga yolg‘iz yashash naqadar qiyin kechishini shu paytda chuqur angladim. Onaxondan hovlingizdan suv
chiqmaydimi, deb so‘ragandim, “yo‘q, kranni olib kiradigan odam topolmadim”, – dedi 82 yoshli Tamara ona. Shunda bu ayolga mahalla yoshlarini birlashtirib, mahalladagi yolg‘iz
va keksa nuroniylarga ko‘mak berishimni aytib, birinchi maoshimga hovlisidan suv chiqarib
berishga vaʼda berdim. Afsuski, otamning biroz tobi qochib, davolanishi sabab birinchi oyligimdan vaʼdamni bajarolmadim, biroq ikkinchi maoshimni qo‘limga olgan kunim barcha
ko‘ngilli yoshlarni yig‘ib, yolg‘iz ayolning xonadoniga bordik. Barcha zarur narsalarni olib kelib, bir kunda hovlidan suv chiqardik. Onaxonning hovlisi ham juda abgor holda ekan. Shu bois mahalla yoshlari bilan hovlini ham obod qilishga kirishdik. Tevarak atrofMahallada yoshlar yetakchisini oqlab, uy ichini ham qaytadan taʼmirlab, hamma joyni tartibga keltirdik.

Tamara ona juda xursand bo‘lib, bizni uzoq duo qildi. Shundan buyon mahallamiz yoshlari bilan deyarli har kuni bir keksa nuroniyning holidan xabar olib turibmiz. Dadam ikkinchi guruh nogironi bo‘lgani bois yoshligimda juda ko‘p qiyinchilik ko‘rganmiz. Shu paytda yordam beraman, deb o‘zimga vaʼda berganman. Buni chin yurakdan istagan ekanman, bugun mahalla yoshlariga ko‘mak beradigan, ularga yo‘lyo‘riq ko‘rsatadigan, yoshlarning tashvishi
bilan yashaydigan lavozimga tayinlandim. Hozir biror yosh o‘z muammosini aytib kelsa, uni hal qilmasdan qo‘ymayman. O‘zimning kuchim yetmasa, tanish-bilish, kursdoshlarimdan maslahat olib, masalani hal qilaman. Masalan, bir sinfdoshim hozir endokrinolog bo‘lib ishlayapti. U juda yetuk mutaxassis, deyarli bo‘sh vaqti yo‘q. Biz birgalikda har yakshanba kuni mahalladagi keksalarni ko‘rikdan o‘tkazamiz. Bemorlar bilan uzoq suhbat qilib, ularni
tez orada tuzalib ketishiga ishontiramiz. Albatta, bemorlar shifokorlarning so‘ziga ishonadi. Ular tuzalasiz desa, albatta tuzaladi. Axir ishonch eng katta davo bo‘ladi. kimdir ozgina qo‘llab turishiga intiq edik. Kun kelib birovga yordam bera olish imkonim bo‘lsa, albatta,
qiynalayotgan oila farzandlariga Bank sohasida ishlaydigan mahalladoshlarimiz hududdagi biznes boshlamoqchi bo‘lgan yoki kontrakt asosida taʼlim oladigan yoshlarga bank kreditlarini olish tartiblari bo‘yicha o‘z maslahatini berib kelmoqda. Hozirga qadar mahallamizda alohida sport maydoni yo‘q edi. Ehtimol shuning uchundir, birorta ham yosh sportga qiziqmasdi. Mahallada anchadan buyon bo‘sh turgan binoni olib, sport maydoni uchun qaytadan
taʼmirlash ishlarini boshladik.


Har oy oz-ozdan mablag‘ ajratib, deyarli tayyor holga keltirdik. Mana, endi bu yerda sportning
shaxmat, shashka, kurash va boshqa turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish harakatidaman.
Bu ishga tajribali murabbiylarni ham jalb qilish niyatim bor. Hududni gazlashtirish Boyovut
tumani aholisining necha yillik orzusi. Shu boisdan tumanga gaz olib kelish haqida o‘ylab qoldim. Bunda esa “Open byudjet”dan foydalanishga kirishdim. Avvalo, puxta reja tuzib, rejani tasdiqlatdik. Galdagi harakat ovoz yig‘ishga kirishish bo‘ldi. Bu jarayon shu qadar katta
harakatga aylanib ketdiki, uni hech kim chetdan kuzatmadi, hamma imkon qadar hissa qildi. Natijalarga ko‘ra, biz 3200 ta ovoz to‘pladik.
Yaqin kunlarda mahallamiz gazlashadi degan umidimiz bor. Agar gaz kelsa, mahallamizda
bir emas, ikkita sex ish boshlaydi. Natijada mahallamizda birorta ham ishsiz aholi qolmaydi. Agar shu ishlar amalga oshsa, biz bundan sizlarni xabardor qilamiz. Yaxshi yangiliklar
bilan tez orada chiqish qilamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish