Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

HARBIYNING AYOLI BOʻLISH QIYIN

14.1.2023 404

Maftuna ADHAMJONOVA, OʻzJOKU talabasi

Umr yoʻldoshim ota kasbga qiziqib, shu ishni tanlaganlar. Hozir ichki ishlar organlarida xizmat qiladi. Men Toshkentda oʻqiyman. Xizmat sabab, ularning ishini Buxoroga koʻchirishganida alohida yashashni oʻylab, juda koʻp yigʻlaganman, bu yoqda darslarim, u yoqda ishlari bor.

Yozda ularning yoniga bordim, sentabrda oʻqish boshlangach yana qaytdim, universitetdan amaliyotga chiqarishganida yana Buxoroga ketdim. Erkak kishi baribir ishning odami, xizmat boʻlgani uchun tez kirishib, safdoshlari bilan chiqishib ketadi. Ayol kishi qoʻni-qoʻshni bilan doʻstlashib ketishi, boshqa muhit va sharoitga koʻnikishi qiyin kechadi. Harbiyning ayoli boʻlish boshqalarga nisbatan ikki barobar qiyin.

Har ne boʻlmasin, baxtliman. Ularning yonida yelkadosh, haqiqiy umr yoʻldosh boʻlishim kerakligini oʻylab, kuchli boʻlishga harakat qilaman. Barcha harbiylar va ularning sabrli ayollarini bayram bilan qutlayman!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish