Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“IKKINCHI DARAJALI” ODAMLAR(?)

25.1.2023 258

Shahruza SATTOROVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Anomal sovuq kunlari iloji boricha ko‘chada yurmaslikka harakat qildik. Juda zarur bo‘lsa, do‘konga chiqamiz, issiq ishxonaga shoshamiz, qolgan paytlarda uydan chiqmaslik ilinjidamiz. Ammo obodonlashtirish xizmati xodimlari ayni shu kunlarda to‘liq ochiq havoda ishladi. Qishning qahratoni-yu, yozning jaziramasini ular yaxshi biladi.Anomal sovuq kunlari iloji boricha ko‘chada yurmaslikka harakat qildik. Juda zarur bo‘lsa, do‘konga chiqamiz, issiq ishxonaga shoshamiz, qolgan paytlarda uydan chiqmaslik ilinjidamiz.

Ammo obodonlashtirish xizmati xodimlari ayni shu kunlarda to‘liq ochiq havoda ishladi. Qishning qahratoni-yu, yozning jaziramasini ular yaxshi biladi.O‘zbekistonda o‘rtacha nominal oylik maosh 3,4 million so‘m bo‘lib turgan bir paytda ular 1 million 200 ming so‘mdan 1 million 800 ming so‘mgacha maosh oladi. Tushlik va yo‘l haqi o‘z hisobidan. Ish vaqti aslida 8:00 dan 16:00 gacha bo‘lishi kerak, ammo 19:00 gacha ishlashga majbur. Kuniga 11 soatlab ishlayotgan obodonlashtirish xodimlarining na tushlik qilishga joyi, na kiyim almashtirish va boshqa ehtiyoj uchun makonlari bor.– Besh yildan buyon shu sohada Toshkent viloyatidan qatnab, Yunusobod tumani brigadasida ishlayman. Ishga borish uchun uydan 6-6:30da chiqishimga to‘g‘ri keladi. Avvallari brigada uchun maxsus avtobus buyurtirilardi, bu transport uchun ishchilar bir oyda bir marta pul to‘lardi. Biroq shu kunlarda xizmat transporti yo‘q. Shahar transportidan tekin foydalanish huquqimiz bor, lekin sovuq kunlarda tong saharlab avtobus qayoqda deysiz?! Taksilar narxi esa ikki barobar qimmat, shu ham bazo‘r topiladi, ilojim qancha, ishga borishim kerak. Biz mana shunday sovuqlarda ham, hamma dam oladigan kunlari, hatto bayramlarda ham ishlaymiz, karantin vaqti ham qiynalib bo‘lsa-da ishladik, ammo oylik maoshimizga biror marta qo‘shimcha ustama bo‘lmagan, – deydi obodonlashtirish xizmati xodimi Nasiba opa.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrining 12 ta tumanida 12 mingdan ortiq obodonlashtirish xodimlari mehnat qiladi.

Oylik maoshning kamligi ularning ko‘p yillik muammosi. Aniqlashimizcha, anomal sovuq, issiq, xazonrezgi davrlarda ham ularga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. Vaholanki, bunday davrlarda ish hajmi 2-3 barobarga ko‘payadi.– Sovuq tushib, qor yog‘a boshlaganidan beri ishimiz yana ham qiyinlashdi. Rezina etiklarda, ikki-uch qavat kiyinib ishlashak ham, baribir sovuq o‘tib, qo‘l-oyoqlarimiz uvushib qolyapti. Bekat, trotuar, avtoturargoh, ko‘chalarni tozalashimiz kerak. Trotuarlarga sepiladigan tuz va qum aralashmasi bunday sovuqlarda ish bermaydi – qancha sepsang ham, muz erimaydi. Ish juda og‘ir, shuncha qiynalganim, sog‘ligimiz ketganiga yarasha topganimizni ro‘zg‘orga yetkazolmaymiz ba’zan. Havo iliq paytlarida 10-15 mingga og‘rinib, uydan tushlik uchun ovqat olib kelaman. Qishda ovqat muzlab qoladi, yozda esa aynib qoladi. Mana shunday paytlarda hech bo‘lmaganda tushligimiz uchun ozroq pul qo‘shib berisyhsa yaxshi bo‘lardi, – deydi Ilhom aka.Suhbat davomida ular ayrim, “xushyor” xodimlar kasallik varaqasi ochtirib, yoki tanish-bilishchilik bilan ta’tilga chiqib ketib, bunday o‘ta issiq, sovuq yoki xazonrezgi davrni ishga kelmasdan o‘tkazib yuborishga harakat qilishini aytishdi. Natijada ularning ish yuklamasi ham boshqa xodimlar zimmasiga tushadi, lekin oylik o‘sha-o‘sha...Yo‘l bo‘yiga uloqtirilgan issiq kofe idishlarining egasi orom uyquda bo‘lgan tong saharda boshqa birov uni tozalash bilan ovora. Nechada tong otishidan, ob-havo qanday kelishidan, ish yoki bayram kuni bo‘lishdan qat’i nazar, ular uchun ish vaqti aniq, qilinadigan ish tayin. tartibdan chekinish yo‘q. Maqsad – shaharni orasta qilish. Ammo biz har doim ham sariq nimchali tozalik jonkuyarlari mehnatining qadriga yetmaymiz.

Muzdan tozolangan yo‘laklar, kuralgan qorlar, yig‘ib olingan xazonlar, supurilgan yo‘llar o‘z-o‘zidan bo‘lib qolayotgandyek, doim shunday bo‘lishi kerakdek.“Hojatxonalarga kirgizmasa, kafelarga kirgizmasa, rosa ham xafa bo‘lib ketamiz. Joylarimiz yo‘q, ko‘chada sovuqlarda turamiz, xuddi biz ikkinchi darajali odamlarday...”, – deydi Nasiba opa zorlanib.Tushlik vaqtida tamaddixonalar turli bahonalar bilan ularga xizmat ko‘rsatishdan qochishga harakat qiladi, hech qanday sabablarsiz restoranni tark etishni so‘rashadi. Afsuski, bu muammolarning oxiri emas. Kiyinish uchun joy yo‘qligi sababli kerakli anjomlarni (maxsus belgi, jiletka, ortiqcha kiyim) o‘zlari bilan olib yurishadi. Obodonlashtirish yo‘qligi ham xodimlarini hojatxona sarson qiladi. Ular esa har qanday sharoit va ob-havoda ham ishni to‘xtatmasliklari lozim. Ish beruvchilar ularga yetarli sharoit yaratib bermayotgani ustiga, biz, yo‘lovchilar ham ularning ishiga ish qo‘shamiz.

Kimlar uchundir issiq choydan bo‘shagan idish, pista po‘chog‘ini yo‘l bo‘yiga tashlab ketishning hech bir g‘ayritabiiy jihati yo‘q. “Chiqindi qutilari kam”, degan e’tiroz ham o‘rinli. Bu ham asta-sekin hal bo‘ladigan masala. Lekin shu arzimas chiqindini sumkaga solib qo‘yish muammo emas, boshqalar mehnatini qadrlash kerak, xolos.Bu muammolar yangilik emas, albatta. Obodonlashtirish xodimlari o‘z vazifalarini bajarishi uchun noqulaylik tug‘diradigan bunday holatlardan tegishli idoralarning ham xabardorligiga shubha yo‘q. Bu masala ommaviy axborot vositalarida takror-takror ko‘tarilgan. Lekin muammoni kim yechadi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish