Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

INTERNETDA HUNAR O‘RGANGAN

25.1.2023 360

Paraxat QAZAXBAYEV, Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Ulug‘bek ALLANIYOZOV - 23 yoshda. Qandil tayyorlovchi usta. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi “Navro‘z” mahallasida yashaydi.

Murojaat maqsadi:

Ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredit so‘ragan.Yoshlar yetakchisi Rasul Yusupov Ulug‘bekning xonadoniga borib, oilaviy ahvolini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olgan.

Oilaviy holati:– ehtiyojmand oila;– bolaligi qiyinchilikda o‘tgan;– oilada 4 kishi: ota-onasi, singlisi va o‘zi.Ahvoli:– Oilada onasi ishsiz, singlisi talaba, otasi norasmiy band;– ma’lumoti o‘rta-maxsus;– daromad manbayiga ega emas;– norasmiy band;– internet tarmoqlari orqali qandil ishlab shiqarishni o‘rgangan.

Natija:– ishlab chiqarish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 million 200 ming so‘m imtiyozli kredit olgan;– 3D formatda ipdan va plastmassa quvurlardan qandil ishlab chiqaradi;– o‘zini rasmiy band qilgan;– o‘rtacha oylik daromadi 2,5-3 million so‘m;– 1 ta ish o‘rni yaratgan;– mahalladagi yoshlarga o‘z hunarini o‘rgatmoqda;– 2 nafar shogirdi bor;– ichki bozorda mahsulotlariga talab yuqori.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish