Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

QO‘SHIMCHA GRANT, ONLAYN QABUL VA “CALL-CENTER”LAR MASHMASHASI ABITURIYENTLARGA KIM YORDAM BERA OLADI?

17.7.2022 333

Ziyoda RAHIMBOYEVA tayyorladi.

Abituriyentlarning 20-iyundan oliy ta’lim muassasalariga bosh­langan hujjat topshirish jarayon­lari qizg‘in davom etmoqda. Qariyb bir oylik bu davr bo‘lajak tala­balar va ularning ota-onalaridan diqqat-eʼtiborli, masʼuliyatli bo‘lish­ni talab etadi. Kimdir o‘zi maqsad qilgan oliy ta’lim muassasasiga hujjatlarini topshirib, test sinovlari boshlanish sanasini intizorlik bi­lan kutayotgan bo‘lsa, yana kimdir tanlov qilishga shoshilmayotgani ham ayni haqiqat...

Biz esa abituriyentlar orasi­da kichik so‘rovnoma o‘tkazdik. Ularning aksariyati bugungi ja­rayonda ko‘zga tashlanayotgan ayrim kamchiliklarning hanuz bartaraf etilmaganidan noro­zi! Yaxshisi, bu haqida ularning o‘zidan eshitganingiz maʼqul.

O‘G‘IL BOLALAR UCHUN HAM IMTIYOZLAR KERAK!

– Menimcha, O‘zbekistonda­gi barcha yoshlarning eng katta maqsadlaridan biri oliy taʼlim olish, deydi Toshkent viloyatilik abituri­yent Nurullo Nazarov. – Ko‘pchilik tengdoshlarim maktab davridanoq qo‘shimcha darslarga borib, tayyor­garlik ko‘rishni boshlagan. Lekin sinfimizda ilmga chanqoq, talaba bo‘lishni niyat qilgan, biroq oilaviy sharoiti yaxshi bo‘lmagan o‘quvchi­lar ko‘p. Shunday oilalarda yashovchi xotin-qizlarga ko‘plab grantlar ajratilayotgani, yaqinda ham yana 2000 ta grant qo‘shilganidan xabardorman. Albatta, bu yaxshi, ammo shunday paytlarda o‘g‘il bo­lalarga ham qo‘shimcha imtiyoz va grantlar ajratilsa yaxshi bo‘lardi.

Yana bir abituriyentimiz OTM­ga hech qanday imtiyozlarsiz – o‘z bilimi bilan “kirish” tarafdori, biroq...

NEGA FAQAT BITTA YO‘NALISH?

– O‘rta taʼlimni tugatganimdan so‘ng talaba bo‘lish maqsadimga yana-da yaqinlashdim, kelajagim­ni jurnalistika sohasi bilan bog‘lashni niyat qilgandim, – deydi buxorolik abituriyent Sevinch Ulug‘boyeva. – Ammo boshqa yo‘nalishga hujjat topshirayotgan abituriyent tengdosh­larimga qarab, ular kabi beshtagacha yo‘nalish tanlay olmayotganimdan xafa bo‘lyapman. Bu soha yo‘nalishida ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgani sa­bab bunday imkoniyatdan foydalana olmas ekanmiz. Har narsaning iloji bo‘lganidek, bu muammo ham o‘z ye­chimini topishiga umid qilib qolaman. maganidan noro­zi! Yaxshisi, bu haqida ularning o‘zidan eshitganingiz maʼqul.

ONLAYN HUJJAT TOPSHIRISH MASHMASHASI

2020-yili boshlangan pandemi­ya ko‘pchilik uchun og‘ir o‘tdi, hatto bugun ham uning asoratlari kuza­tilmoqda. Biroq shunga qaramay, sharoitga moslashish natijasi o‘la­roq, axborot texnologiyalarining eng qulay ko‘rinishlaridan bemalol foydalana olish darajasiga yetdik. Jumladan, OTMlarga hujjat top­shirishning ham onlayn platformasi yaratilib, abituriyentlar vaqti, mab­lag‘ini tejab, ortiqcha ovoragar­chiliksiz, uydan chiqmagan holda o‘zlari istagan ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi. Agar qandaydir tushunmovchiliklar yuza­ga kelsa, o‘quv yurtlarining call-cen­terlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Afsuski, ayrim abituriyentlar yo‘llagan murojaatlarda bularning hammasi ham risoladagidek ishla­mayotgani ta’kidlanmoqda. Joriy yil­da maktablarni tamomlagan “yangi” abituriyentlar bitirgan taʼlim muas­sasasi yili va manzilini belgilashda muammolarda duch kelayotgani ham ko‘p “eʼtirof” etilmoqda.

– OTMga birinchi marta hujjat topshirishim emas, menga imtihon­ga kirishdan ham ko‘proq onlayn hujjat topshirish qo‘rqinchliroq tuyu­ladi, – deydi sirdaryolik abituriyent Davron Yo‘ldoshev. – Birinchidan, bizning qishloq sharoitida internet sifati juda yomon. Avvallari ovora bo‘lib, poytaxtga borishimga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham, ishim bir kunda bitar edi, hozir esa hamma kerakli hujjatlarni yig‘ib bo‘lgan taqdirimda ham nimadir kamchilik chiqadi: sayt qotib ishlaydi yoki qaysidir jarayon­da xato qilib qo‘ygan bo‘laman. Shu bois butun O‘zbekiston hududida sifatli, tezkor internet xizmati yo‘lga qo‘yilgach onlayn hujjat topshirish jarayonlarini boshlash kerak.

Call-centerlarning hammasi ham talab darajasida ish olib bormayot­ganini bilish uchun qabul jarayon­lari haqidagi qo‘shimcha savollarga javob ololmay qiynalayotgan abi­turiyentning ahvolini tasavvur qilish­ning o‘zi yetarli nazarimizda.

– O‘zim tanlagan 5 ta oliy ta’lim muassasasidan shu kungacha ik­kitasi bilan bog‘lana oldim, qolgan­lari esa doim band yoki shunchaki raqam ishlamayotgan bo‘ladi, – deydi samarqandlik abituriyent Nagima Ibragimova. – Birgina savol uchun shuncha masofani bosib o‘ta olmaymiz, ammo kerakli javobni ololmasligimiz oqibatida ko‘pgina tushunmovchiliklar kelib chiqayot­gani ham kishini o‘ylantirib qo‘yadi.

Bu kabi shikoyat ruhidagi noro­ziliklar juda ko‘p. To‘g‘ri, ish bor joyda kamchilik ham bo‘lishi tabiiy, biroq bu kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, kimningdir kelajagiga jid­diy taʼsir o‘tkazishi mumkin.

Abituriyentlar uchun maxsus bot ishga tushirildi.

Mazkur @eduuzuniversalbot­dan quyidagi eng muhim maʼlu­motlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:

  • fanlar majmuasi – 2022;
  • qabul kvotalari – 2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
  • o‘tish ballari – 2021 (hududlar, yo‘nalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:

  • fanlar majmuasi – 2022;
  • qabul kvotalari – 2022;
  • o‘tish ballari – 2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

  • xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2022-yil uchun o‘tish ballari;
  • professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul kvotalari va fanlar majmua­sini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sana­magan yana ko‘plab qulayliklarga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish