Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

RASMAN: ENG YUQORI NATIJAGA ERISHIB, PREZIDENT GRANTI UCHUN NOMZOD BO'LGAN TOP-250 ABITURIENTLAR RO'YXATI E'LON QILINDI

22.8.2022 855

DTM mandat.dtm.uz saytiga qo'shimcha bo'lim ochildi. Bu bo'limda test sinovlaridagi eng yuqori natija ko'rsatgan va Prezident stipendiyasiga nomzod bo'lgan abiturientlar ko'rsatilgan.

Joriy yilda Prezident granti uchun tavsiya qilingan abiturientlar soni 250 ta emas 264 ta bo'lgan. Chunki 250-o'rinda turgan barcha abiturient ballari bir xil bo'lgan va barchasi ro'yxatga kiritilgan.

Maksimal natijalar bo'yicha navoiylik yoshlar yetakchi!

1. Navoiy - 38 nafar
2. Farg'ona - 35 nafar
3. Buxoro - 35 nafar
4. Toshkent shahri - 21 nafar
5. Samarqand - 20 nafar
6. Surxondaryo - 19 nafar
7. Toshkent viloyat - 19 nafar
8. Qashqadaryo - 17 nafar
9. Namangan - 16 nafar
10. Qoraqalpog'iston - 12 nafar
11. Andijon - 10 nafar
12. Jizzax - 8 nafar
13. Xorazm - 8 nafar
14. Sirdaryo - 6 nafar

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish