Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

SOF BOYLIK QIYMATINGIZ QANCHA?

23.4.2022 9154

Nurillo TO‘XTASINOV, Bank-moliya akademiyasi MBA magistranti

SOF QIYMAT
Aktivlar naqd pulga aylantirish mumkin bo‘lgan shaxsiy mol-mulkdir. Masalan, investitsiyalar, bank va brokerlik hisoblari,
pensiya jamg‘armalari, ko‘chmas mulk va shaxsiy mulk (avtomobillar, zargarlik buyumlari va kolleksiyalar) va, albatta, naqd pulning o‘zi. Shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ingiz kabi nomoddiy obyektlar ham ba’zan aktivlar deb qaraladi. Sizning majburiyatlaringiz esa kreditlar, ipotekalar, kredit kartaNqarzlari, tibbiy to‘lov va boshqa shu kabi qarzlaringizni ifodalaydi. Sizning aktivlaringiz va majburiyatlaringizning umumiy qiymati o‘rtasidagi farq sizning sof qiymatingizdir. Sof qiymatni real baholash uchun aktivlarga qiymat qo‘yishda konservativ hisob-kitoblar zarur. Masalan, sizning uyingiz eng qimmatli aktivingiz bo‘lib, moliyaviy ahvolingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hududingizdagi yaqinda sotilgan shunga o‘xshash uylar bilan taqqoslash yoki malakali ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashish orqali uyning aniq qiymati aniqlanadi. Yana bir masala, shaxsiy turarjoylar sof qiymatni hisoblash uchun aktiv sifatida ko‘rib chiqilishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan bahslar mavjud. Ba’zi moliya ekspertlariga ko‘ra, uyni kapital va uning bozor qiymatini aktiv deb hisoblash lozim, chunki bu qiymatlar sotilgan taqdirda naqd pulga aylanadi. Boshqa mutaxassislar fikricha, agar uy egasi uyni sotishdan naqd pul olgan bo‘lsa ham, bu pul boshqa uyni sotib olish yoki ijaraga olish uchun ketishi kerak. Bu mohiyatan naqd pul yangi majburiyatga – uy-joyni almashtirish qiymatiga aylanishini anglatadi.

BU NIMA DEGANI?
Sof qiymat ko‘p narsadan so‘zlaydi. Agar ko‘rsatkich salbiy bo‘lsa, bu sizning haddingizdan ko‘ra ko‘proq qarzdor ekanligingizni
anglatadi. Misol uchun, aktivlaringiz shartli 200 000 000 so‘mga teng bo‘lib, majburiyatingiz 100 000 000 so‘m bo‘lsa, siz 100 000 000 so‘m ijobiy sof qiymatga egasiz. Aksincha, aktivlaringiz 100 000 000 so‘mga teng bo‘lsa-yu, majburiyatlaringiz 200 000 000 so‘mdan oshsa, siz minus 100 000 000 so‘m (100 000 000 – 200 000 000 = –100 000 000) salbiy sof qiymat egasisiz. Demak, hozir
sizda aktivlardan ko‘ra majburiyatlar ko‘proq. Har bir insonning moliyaviy ahvoli va maqsadlari o‘ziga xos bo‘lgani sababli hamma uchun amal qiladigan umumiy “ideal” sof qiymatni aniqlash qiyin. Buning o‘rniga siz o‘zingizning ideal qiymatingizni – yaqin va uzoq muddatli kelajakda qay holatda bo‘lishni xohlayotganingizni aniqlashingiz kerak bo‘ladi. Agar siz buni qanday boshlashni bilmasangiz, “maqsadli” sof qiymatni aniqlashda quyidagi formulani taklif etamiz: Maqsadli sof qiymat=[Sizning yoshingiz−25]∗[⅕∗Yillik yalpi daromad] Masalan, yillik yalpi daromadi 75 000 AQSH dollari bo‘lgan 50 yoshli odam 375 000 dollarlik sof boylikka intilsa bo‘ladi ([50–25 = 25] x [75 000÷5 = 15 000 AQSH dollari]). E’tibor bering, bu 50 yoshli barcha odamlar bir xil boylikka ega bo‘lishi kerak degani emas. Formuladan oddiygina boshlang‘ich nuqta sifatida foydalanish mumkin. Sizning ideal sof qiymatingiz turmush tarzingiz va maqsadlaringizga qarab yo‘riqnomada ko‘rsatilgan miqdordan ancha ko‘p yoki kamroq bo‘lishi mumkin.

OQILONA SARFLANG
Sof boylik qiymatingizni bilish xarajatlaringizni nazorat qilish va barqarorlashtirish imkonini beradi. Diqqat qiling, biror narsani sotib olishga qodirligingiz uni sotib olishingiz kerak degani emas. Qarzdorlikdan saqlanish uchun biror narsa xarid qilishdan oldin u chindan zarur ekanligini o‘ylab ko‘ring. Ko‘pincha odamlar ehtiyojini noto‘g‘ri tahlil iladi. Xususan, 500 dollarlik poyabzal oyoq kiyimga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, ammo arzonrog‘i ham shu vazifani bajara oladi. Ehtiyojni to‘g‘ri baholash sizni to‘g‘ri moliyaviy yo‘nalishda ushlaydi.
SAQLASH VA INVESTITSIYA QILISH
Agar sizning sof boylik qiymatingiz moliyaviy maqsadlaringizga erishish yo‘lida ekanligingizni ko‘rsatsa, qilayotgan ishingizni
davom ettirishingiz lozim. Aksincha bo‘lsa, (masalan, vaqt o‘tishi bilan sizda kamayib borayotgan aktivlar va o‘sib borayotgan majburiyatlar bo‘lsa), sizdan pulingizni tejash va investitsiya qilishda ehtiyotkor yondashuv talab etiladi.
SOF DAROMAD VA QIYMAT O‘RTASIDAGI FARQ
Agar siz ishlasangiz yoki biznes bilan shug‘ullansangiz, daromad olasiz. Sizning sof daromadingiz soliqlar va ish haqi ajratmalaridan
qolgan summadir. Sof qiymatingiz esa siz egalik qilgan narsalarning umumiy qiymatidan barcha qarz-majburiyatlaringizni chegirib
tashlaganingizda qoladigan farqdir.
LIKVID SOF QIYMAT NIMA?
Likvid sof qiymat – bu zargarlik buyumlari yoki mulk, ya’ni osonlik bilan naqd pulga aylantirilishi mumkin bo‘lgan sof qiymatingizning bir qismi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish