Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

SUZ VA CHINIQ

18.6.2022 457

Laylo TOSHTEMIROVA, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi

Suzish shunchaki salqinlash, hovurni bosish yo‘li emas, balki jismoniy mashg‘ulot, chiniqish usulidir.

Birinchidan, odam o‘zi moslashmagan muhitga — suvga tushadi va harakatlanadi. Bu jarayonda suvning harorati, issiqlik o‘tkazuvchan­ligi, yopishqoqligi, zichligi va boshqalar odam organizmiga ta’sir qiladi. Cho‘milish termoregulyator jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa organizmni chiniqtiradi.

Suvda issiqlik ajralish hajmining oshishi natijasida organizmda modda almashinuvi faollashadi, suv harorati va suzish tezligiga qarab, energiya sarfi bir necha marta ko‘payadi. Suvdagi mashg‘ulotlar gavdaning mu­vozanatni tutish, undagi faol (muskul) va sust (yog‘) to‘qimalarning mo‘ta­dil nisbatda bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Ikkinchidan, gavda suvda qattiq tayanchga ega bo‘lmaydi. Bunday holatda bo‘lishi uning faollikka ehtiyojini oshiradi va harakatni yanada rivojlantirishga ijobiy ta’sir qiladi.

Uchinchidan, tana suv muhitida nisbiy vaznsizlik holatida bo‘ladi.

Odam gavdasining og‘irligi suvning itaruvchi kuchi ta’sirida neytralla­shadi. Gavdaning suvda muvozanatda bo‘lishi tayanch harakat appara­tini bosimdan ozod qiladi va jismoniy rivojlanish jarayonining to‘g‘ri kech­ishiga yordam beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish