Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

UNILIBRARY.UZ oliy taʼlim muassasalarining yagona elektron kutubxonasi

21.1.2023 1071

Rustam MALIKOV, Toshkent farmatsevtika instituti Axborot resurs markazi direktori

Shu kunga qadar mamlakatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari, shahar va tuman Axborot kutubxona markazlari bir nechta nomdagi kutubxonachilik platformalaridan foydalanib kelayotgandi. Uznil, Unicat, Armat, Armat+, Irbis 32, Irbis 64 singari mahalliy dasturlarning yagona kamchiligi ular oʻrtasidagi umumiy integratsiyaning mavjud emasligi edi. Yaʼni bitta kutubxona muassasasidagi elektron adabiyotlardan boshqa Axborot kutubxona markazlari va Axborot resurs markazlari foydalanish imkoniga ega emasdi. O‘tgan yili bu muammolarni bartaraf etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar (avvalgi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim )vazirligi tomonidan “Unilibrary.uz” – oliy taʼlim muassasalarining yagona elektron kutubxona internet platformasi yaratilgandi.

Mazkur internet platformaga Oʻzbekiston hududidagi 68 ta oliy taʼlim muassasalaridagi 150 mingdan ziyod elektron resurslar bazasi integratsiya qilindi. Platformada oʻquv adabiyotlari; ilmiy maqolalar; monografiyalar; dissertatsiyalar; avtoreferatlar va boshqa turdagi adabiyotlar jamlangan. Shuningdek, “Unilibrary.uz”da 70 dan ortiq sohalar oʻrin olgan boʻlib, foydalanuvchi oʻz qiziqishi yoki mutaxassisligi boʻyicha istalgan adabiyotdan onlayn o‘qishi yoki yuklab olishi mumkin.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar maʼlumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli ko‘rish, o‘qish, eshitish va yuklab olish imkoniga ega. Undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkin. Bir qator qoʻshimcha xizmatlar ham mavjud.

Kutubxona faoliyati bilan bogʻliq axborotni raqamlashtirish, oʻz navbatida, kutubxonachilardan ham zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish, ularni boshqarish kabi muhim vazifalarini yuksaltiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish