Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"XIYOBON OQSHOMLARI" – YOSH IJODKORLAR BILAN

21.1.2023 371

O‘zA. suratlar muallif – Ahmad To‘ra.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Xiyobon oqshomlari" ma'rifiy loyihasining 2023-yildagi ilk tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda yurtimiz yosh ijodkorlari bilan birga Haydar Aliyev nomidagi  Ozarbayjon madaniyat markazi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi vakillari, adib va shoirlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid milliy adabiyotimiz ravnaqida qardosh mamlakatlarning ijodiy tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga katta e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

"Xiyobon oqshomlari" loyihasining bu galgi tadbirida ozarbayjonlik shoir, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Jahon yosh turk yozuvchilari tashkiloti boshqaruvi kengashi raisi Intiqom Yashar ijodidan ham namunalar tinglandi.

Aytish joizki, Intiqom Yashar ijodida Vatan, hurriyat, erk, mehr-muhabbat g'oyalari ustuvor o'rin egallaydi.

— Mamlakatlarimiz adabiy aloqalari mustahkamlanib borayotgani quvonchli holatdir, — dedi Intiqom Yashar. — Adabiyotga, she'riyatga bo'lgan bunday e'tibordan, bizga ko'rsatilayotgan cheksiz hurmat-ehtiromdan  g'oyat mamnunmiz.

Adabiy kechada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining "Fuzuliy dilbandlari" to'garagi a'zolarining ijod namunalari ham she'riyat muxlislari e'tiboriga  havola etildi.

Tadbirda shuningdek, turkiy davlatlar yosh shoirlarining Ozarbayjonda chop etilgan she'riy  to'plami taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish