Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YILLIK 20 MILLION SO‘M DAROMAD

18.1.2023 675

Charos SAIDOVA, Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Jasur XOLMIRZAYEV - 29 yoshda. Payariq tumanidagi “Javshar ota” mahallasidan, dehqon.

Murojaat maqsadi:

dehqonchilik qilish maqsadida subsidiya so‘ragan.

Yoshlar yetakchisi Orzumurod Uralov Jasurning oilaviy sharoitini o‘rganib, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olgan.

Oilaviy holati:

– ehtiyojmand oila;

– oilada 6 kishi: ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, 2 nafar farzandi va o‘zi.

Ahvoli:

– oilada yagona boquvchi;

– ma’lumoti o‘rta maxsus;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– mutaxassisligi bo‘yicha 7 yil ish topa olmagan;

– Rossiya va Qozog‘istonga borib ishlagan va yaxshi ish topa olmagan.

Natija:

– “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 2 million 400 ming so‘m subsidiya olgan;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– ikki marotaba ekin ekib, 20 million so‘m daromad olgan;

– yetishtirgan mahsulotlari ichki bozorda talabgir;

– oila a’zolarini doimiy ish bilan ta’minlagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish