Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Yosh kitobxon” tanlovining bosqichlari va o‘tkazilish muddatlari bilan tanishing!

2.8.2022 1128

Birinchi bosqich — tanlovning arizalar qabul qilish va mahalla bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlardan arizalar qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.

Tanlovga arizalar 1-sentabrga qadar @yoshkitobxon_bot orqali onlayn qabul qilinadi. Test sinovi sentabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yoshlar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 25 ta test savollariga javob berishadi.

Ikkinchi bosqich — tanlovning sektor bosqichi bo‘lib, oktabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 40 ta test savollariga javob berishadi.

Uchinchi bosqich — tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib, oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida 2 ta shart asosida (“Tezkor savol-javob” va “Badiiy asarlar bilimdoni”) o‘tkaziladi.

To‘rtinchi bosqich — tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylari davomida 2 ta shart asosida (“Tezkor savol-javob” va “Badiiy asarlar bilimdoni”) o‘tkaziladi.

Beshinchi bosqich — tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida teletanlov shaklida, quyidagi 5 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
3-shart. “Buyuk mutafakkir va adib” sharti.
4-shart. “She’riyat” sharti.
5-shart. “Insho yozish” sharti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish