Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“YOSHLAR DAFTARI” KO‘MAGIDA O‘Z YO‘LIMNI TOPDIM

13.7.2022 385

Bobur SOBIROV, Mingbuloq tumanidagi “Kichik Jomashuy” mahallasidan

– 27 yoshdaman. Oilaviy ahvo­limiz og‘irligi, otam yo‘qligi, onam nogironligi sababli oilamizda yolg‘iz boquvchi o‘zimman. Shu paytga qadar ro‘zg‘or tebratish uchun har ishga qo‘l urib ko‘rdim. Dehqon­chilik, quruvchilikda o‘zimni sinadim. Mahallamizdagi eshik-deraza uchun plastik rom yasovchi usta­ga shogird tushib, hunar o‘rgan­dim. O‘tgan yili “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga kirdim. Shu boisdan ma­halladan yordam so‘rab murojaat qildim.

Mahallamizga yoshlar yetak­chisi tayinlangandan keyin menga yordam ajratilish jarayoni tezlashib, fevral oyida subsidiya asosida plastik rom kesuvchi uskuna olib berishdi. Ustozimning yo‘l-yo‘riqlari bilan mustaqil ravishda o‘z ishim­ni yo‘lga qo‘ygan edim. Shu bilan birga, ikki nafar mahallamizdagi yoshlarni ham ishli qildim.

Mart oyida mahallamiz yoshlar yetakchisi Gulmira Sheraliyevaga murojaat qilib, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagim borligini ayt­dim. U kishi auksiondan yer olishim mumkinligini tushuntirdi. Auksion­da qatnashib, 10 yil muddatga 15 sotix yerga ega bo‘ldim. Dehqon­chilik ishlarimga ukam va singlim yordam berib kelmoqda. Menga ajratilgan joy juda sersuv va ser­hosilligi uchun hozir ekilgan jo‘xori urug‘ining hosilini yig‘ib olish ara­fasida turibmiz. Makkajo‘xoridan qolgan joyga ikkinchi hosil urug‘ini qadash niyatimiz bor.

Bugun berilayotgan yordam­lar, haqiqatdan, bizga o‘xshagan yoshlarning dardiga malham bo‘layotgani bor gap. Bundan min­natdormiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish